O‘zbekiston bilan o‘yinga Rossiya terma jamoasi keladi
Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi, deya xabar bermoqda Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati.
Maʼlumotga koʻra, bellashuv 12 noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi.
Rossiya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari tarixda ikkinchi bor oʻzaro maydonga tushishadi. Ilk oʻyin 2022 yil 20 noyabrda Toshkentda oʻtkazilgan va golsiz durang — 0:0 hisobida yakunlangan edi.
O‘zbekiston terma jamoasi 2025 yili oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Jamoa hal qiluvchi natijani OAEga qarshi 0:0 hisobidagi durang orqali rasmiylashtirgan, saralash bosqichini esa Qatar ustidan 3:0 hisobidagi yirik gʻalaba bilan yakunlagan edi.
2026 yildagi jahon chempionatida O‘zbekiston birinchi marta musobaqaning final bosqichida ishtirok etdi. Terma jamoa guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga tushdi.
2025 yil kuzida O‘zbekiston terma jamoasiga 2006 yilda Italiya tarkibida jahon chempioni boʻlgan, «Oltin toʻp» sohibi va oʻsha yilda FIFA talqiniga koʻra dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlandi. FIFAning soʻnggi rasmiy oynasi davomida jamoa bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazdi. Ular orasida Janubiy Koreyaga qarshi bellashuv ham boʻlib, unda O‘zbekiston 0:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Rossiya terma jamoasi esa Valeriy Karpin qoʻl ostida sentabr va oktabr oylarida Eronni 2:0, Namibiyani 6:0 hisobida magʻlub etdi, shuningdek, Nigeriya bilan golli durang — 3:3 oʻynadi.

Fikrlar