"Barselona" Lopesni ikki shart asosida sotishga tayyor

  • 27.08.2025 11:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes uchun qancha pul talab qilishi ma’lum bo‘ldi.

"Mundo Deportivo" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Lopesni faqat o‘zi so‘ragan taqdirdagina qo‘yib yuborishga tayyor. Bunda klub 70 million evrodan kam bo‘lgan takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Manbaning xabar berishicha, Lopesga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. London jamoasi allaqachon ispaniyalik futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, qaror qabul qilish uchun 48 soat muhlat bergan. Agar yarim himoyachi transferga rozi bo‘lsa, "ko‘klar" "Barselona"ga rasmiy taklif yuboradi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi paytda kataloniyaliklarda Lopes bo‘yicha hech qanday taklif yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!