
"Barselona" Messisiz sovrin yutolmaydimi?
"Barselona" jamoasining yarim himoyachisi Andres Inesta jamoa etakchisi Lionel Messi yangi shartnomani imzolashiga ishonayotganini ma’lum qildi.
- Lionel Messi jamoa manfaati uchun "Barselona"da qolishiga umid qilaman, - dedi Andres Inesta. - Messi sovrinlarni yutishimiz uchun zarur bo‘lgan futbolchi. Mening yagona orzum Leoni faqat "Barselona" formasida ko‘rish.

Lionel Messining hozirgi shartnomasi 2018 yilning yozida poyoniga etadi. Futbolchi hozircha yangi bitimni imzolagani yo‘q. U "Barselona" rahbariyatidan o‘ta katta maosh talab qilayotgani aytilmoqda.
Fikrlar