
"Barselona" muxlislari uchun noxush xabar!
Pedri jarohati sabab uzoq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin.
"Barselona" yarim himoyachisi La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Atletik"ga (0:0) qarshi o‘yinda jarohati tufayli almashtirildi.
Avvalroq Pedrining 5-6 hafta o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi, ammo jurnalist Xose Alvaresning xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi. Pedri joriy mavsumdagi uchinchi jarohatini oldi va shu sabab u taxminan 100 kunni o‘tkazib yubordi.
21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda "Barsa" safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar