"Barselona" muxlislari uchun noxush xabar!

  • 27.11.2023 15:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Chempionlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi turida "Portu"ga qarshi o‘ynay olmaydi. "RAC 1" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, germaniyalik posbonning Portugaliya klubi bilan maydonga tushish ehtimoli deyarli yo‘q.

Ter Shtegen jarohati sabab Ispaniya chempionati doirasidagi "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. 

Ma’lumot uchun, agar kataloniyaliklar o‘z maydonida "Portu"ni mag‘lub etsa, Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanmani naqd qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!