“Barselona” narxni tushiradimi?
“Inter” rahbariyati Ronald Kumanga kerak bo‘lmay qolgan Xunior Firponi olish harakatini boshladi.
Ayni paytda milanliklar “Barselona” rahbariyati bu futbolchining transfer summasini pasaytirishni kutmoqda. Aslida “Inter” avval ham 24 yoshli himoyachiga og‘iz solgandi, biroq o‘shanda tomonlar transfer summasi bo‘yicha kelisha olmagan.
Hozir ham kataloniyaliklar Firponi 40 million evroga baholamoqda. “Inter” rahbariyati esa pandemiya holatini inobatga olib, bu summa pasaytirilishiga umid qilmoqda.

Fikrlar