Kuman haydagan o‘yinchiga yangi xaridor chiqdi

  • 8 noyabr, 2020, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kuni kecha “Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman qishki transferlar mavsumida klub bilan xayrlashadigan beshta o‘yinchining nomini e’lon qilgan edi.

Chiqish eshigi ko‘rsatilganlardan biri – Xunior Firpoga darrov yangi taklif bo‘ldi. “Inter” ispaniyalik futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Milanliklar 24 yoshli futbolchini qishda transfer qilmoqchi.

Xunior Firpo “Barselona”ga 2019 yilda kelgan. Shundan buyon barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi asosiy tarkibga kira olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!