Kuman yana besh futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi

  • 7 noyabr, 2020, 21:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Ronald Kuman talab qilayotgan Erik Garsiya va Memfis Depayni olib kelish uchun qishki transferlar davrida yana besh nafar futbolchisini sotadigan bo‘ldi.

Tecno

Xususan, bosh murabbiyning o‘zi bundan buyon jamoaga Martin Braytvayt, Karles Alenya, Usmon Dembele, Xunior Firpo va Samuel Umtiti kerak emasligini ma’lum qildi. Bu futbolchilarning aksariyatiga hozirdan boshqa klublardan takliflar bor.

Kuman joriy mavsumda bu besh nafar futbolchidan hujumda o‘ynaydigan Martin Braytvayt va  Usmon Dembeleni maydonga tushirdi. Niderlandiyalik murabbiy Karles Alenya, Xunior Firpo va Samuel Umtitini birorta o‘yinda maydonga tushirishga ham loyiq ko‘rmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!