"Barselona" Pau Viktorni sotishga qaror qildi

  • 13 iyul, 10:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Pau Viktor yozgi transfer oynasida sotilishi mumkin.

Tecno

"Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" Viktorni 10 million evroga sotishga tayyor. Kataloniya grandi hujumchini ijaraga olish bo‘yicha bir nechta takliflar olgan, biroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishni hoxlamoqda. 23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda ham ko‘p o‘ynamadi va klub bo‘lajak rejalarida uni ko‘rmayapti.

Pau "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Nufuzli Transfermarkt portalida futbolchining bahosi 4 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!