
"Barselona" prezidenti: "Nike bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi"
Joan Laportaning ma’lum qilishicha, "Barselona"ning "Nike" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi eksklyuzivligiga ishonchi komil. Xabar qilinishicha, "blaugrana" kompaniya bilan 10 yillik shartnoma tuzadi va har bir mavsumda o‘rtacha 140 million evrodan oladi.
"Bu futbol olamidagi eng yaxshi shartnoma bo‘ladi. Avgust oyining o‘zida ham shartnoma imzolash mumkin edi. Lekin bu amalga oshmadi. Chunki men yaxshiroq sharoitlarni xohladim.
Biz bozorga yanada yaxshi kelishuvga erishish maqsadida kirib bordik va buni uddaladik. Ayni damda muzokaralar olib bormoqdamiz. Ularni yakunlashga tayyormiz va yaqin orada hammasi e’lon qilinadi. Shartnoma 10 yil muddatga amal qilinishi kutilmoqda.
Moliyaviy feyr-pley holati ham yaxshilanmoqda va bunda bizga aynan "Nike" bilan shartnoma yordam berdi. Biz eng maqbul sharoitlarni xohladik. Dekabrga qadar La-Liga rahbariyatiga ijobiy natijalarga erishganimizni ko‘rsatishimiz kerak. Shunda 1+1 qoidasiga erishamiz", - dedi Joan Laporta.
Fikrlar