"Barselona" qaqshatqich zarba qabul qilib olishi mumkin

  • 23.03.2023 15:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

UEFA korruptsiya ishi tufayli "Barselona"ni bir mavsuvmga evrokuboklardan chetlashtirishi mumkin. 

Avvalroq, "Barselona" hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreiraga klubga kerakli hakamlikni ta’minlash uchun mablag‘ bergani haqida xabar berilgandi. 

UEFA reglamentiga ko‘ra, klublar milliy va xalqaro miqyosda o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatish uchun noqonuniy usullardan foydalanmasligi kerak. Aks holda, tashkilot klubni evrokuboklarda ishtirok etishdan chetlashtirish huquqiga ega. Biroq bunday chora faqat bir mavsum davom etadi. Iyun oyida qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

"El Confidencial" nashri ta’kidlaganidek, "ko‘k-anorranglilar" evrokuboklardan chetlatilgan taqdirda, "Barselona" kelasi mavsum bir nechia million dollar zarar ko‘radi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!