
"Barselona" Rafinyaga o‘rinbosar topdi
"Liverpul" hujumchisi Luis Dias hamon "Barselona"ning transferlar ro‘yxatida. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
"Ko‘k-anorranglilar" Rafinyani sotsa, Diasni sotib olishi mumkin bo‘ladi. Braziliyalik futbolchining xizmatlariga Saudiya Arabistoni grandlari qiziqish bildirirmoqda. Bundan tashqari, "Lids" ham uni ortga qaytarish haqida o‘ylamoqda. Kataloniyaliklar Rafinyaning transferidan tushgan pulni kolumbiyaliklikni sotib olish uchun sarflamoqchi.
27 yoshli vinger 2023/24 yilgi mavsumda Angliya Premer-ligasining 37ta o‘yinida ishtirok etib, sakkizta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Diasning "Transfermarkt"dagi narxi 75 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar