
"Barselona" ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Barselona" klubi darvozabon Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborishgan. Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" germaniyalik darvozabonga 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Qayd etilishicha, “Barselona” 31 yoshli ter Shtegenning futbolchilik faoliyatini boshqa joyda yakunlashini istamaydi. Ispaniya gazetasining ta’kidlashicha, darvozabonning o‘zi Kataloniya jamoasida qolishga tayyor, shuning uchun yangi shartnoma imzolashda hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Ter Shtegenning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar