
“Barselona” uchrashuvni bekor qildi
“Barselona” klubi Osiyo turnesi doirasida Yaponiyaning “Vissel Kobe” jamoasiga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qildi. Kataloniyaliklar yaponlar tomonidan kelishuv shartlari bajarilmagani bois, shunday qarorga keldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, muammo moliyaviy masalaga borib taqaladi. “Barselona” yapon jamoasiga qarshi bitta o‘rtoqlik uchrashuvidan 15-20 million evro miqdorida pul ishlab olishni rejalashtirgan edi. So‘nggi pallada yaponiyalik tashkilotchilar Kataloniya klubiga o‘yin uchun to‘lanadigan summani kamaytirishni taklif qildi.
“Barselona” mutasaddilarining uchrashuvni bekor qilish haqidagi qarori yaponiyalik muxlislarni jumbushga keltirdi. Ular bo‘lajak bahsda o‘z kumirlarining o‘yinini tomosha qilishni istayotgan edi.
“Barselona” Osiyoga sayohati davomida Janubiy Koreya klublariga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 31 iyul kuni kataloniyaliklar “Seul” jamoasi bilan kuch sinashadi. Undan keyin Ispaniya chempionini “Tegu” bilan o‘yin kutib turibdi.
Fikrlar