"Barselona" va "Real" "Inter"ning himoyachisiga qiziqmoqda

"Inter" himoyachisi Martin Shkrinyar Ispaniya grandlarining e’tiborini tortdi.

Slovakiyalik futbolchining milanliklar bilan tuzgan yangi bitimida, futbolchining transfer narxi qayd etilmagan.

Avvalroq, "Inter" Shkrinyarni 60 mln evroga sotishdan bosh tortgan edi.

Milan klubi himoyachi borasida yanvar oyida takliflar olishi mumkin, ammo transfer yozda amalga oshishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Shkrinyar A Seriyaning joriy mavsumida 12 ta bahs o‘tkazib, bitta assistlik vazifasini bajarib berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!