«Barselona» va «Real» Porro uchun rekord miqdorda pul to‘lamoqchi
Ispaniya terma jamoasi va Londonning «Tottenxem» klubi himoyachisi Pedro Porro yaqin orada yana vataniga qaytishi mumkin. Unga Kataloniyaning «Barselona»si ham, Madriddning «Real»i ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Teamtalk nashri xabariga ko‘ra, «Tottenxem» rahbariyati o‘ng qanot himoyachisi uchun rekord miqdorda to‘lov talab qilmoqda. Porroni qo‘lga kiritishni istagan klub taxminan 89 million yevro sarf etishiga to‘g‘ri keladi.
Agar bunday bitim amalga oshsa, u o‘ng qanot himoyachisi uchun eng qimmat transfer sifatida tarixga kiradi. Hozircha bu boradagi rekord marokashlik Ashraf Hakimiga tegishli: 2021 yili «PSJ» uni sotib olish uchun «Inter»ga 67 million yevro to‘lgan edi.

Fikrlar