"Barselona" Xoland bo‘yicha qaror qabul qildi
Futbol dunyosida tarqalayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, Football Insider nashri "Barselona" klubi 2027 yilda Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkinligini yozmoqda.
Ma'lumki, norvegiyalik hujumchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. 26 yoshli futbolchining transfer qiymati taxminan 220 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsumda Holand "Manchester Siti" tarkibida barcha musobaqalar doirasida yetti o‘yinda maydonga tushib, olti bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Fikrlar