
"Barselona" yangi mavsum uchun uy libosini namoyish qildi (foto)
Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘zining rasmiy saytida kelasi mavsum uchun yangi libosini taqdim etdi. Kiyim klubning an’anaviy "ko‘k-anor" ranglarida tikilgan.
"Biz yangi yo‘lni ko‘rsatish uchun sportchilar, rassomlar va bloggerlarning yangi avlodini birlashtirdik", deyiladi Ispaniya top-klubi postida.
Ispaniya chempionatining so‘nggi mavsumida “Barselona” bosh murabbiy Xavi Ernandes boshchiligida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida jamoa yomon o‘ynadi va guruhda uchinchi o‘rinni egalladi. Kataloniyaliklar Evropa ligasiga yo‘l oldi va u erda “Manchester Yunayted”ga mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar