"Barselona"ning 17 yoshli himoyachisi qoyilmaqom ko‘rsatkich qayd etdi

  • 11.04.2024 03:53
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan PSJ - "Barselona" bahsida kataloniyaliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi va javob bahsi oldidan o‘z imkoniyatalrini yaxshilab oldi. 

E’tiborli tomoni shundaki, oxirgi paytlarda "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib borayotgan 17 yoshli Pau Kubarsi mazkur bellashuvda biror marotaba Parij klubi futbolchilariga driblingga yo‘l qo‘yib bermadi. Bundan tashqari, u 2023/2024 yilgi mavsumda hali EChL o‘yinlarida biror marotaba raqiblariga aldanmagan. 

Qayd etish lozim, "Barselona" va PSJ jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi 16 aprel sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!