“Barselona”ning yangi etakchisi bor

  • 19.07.2020 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Uzoq yillardan beri “Barselona” etakchisi sifatida qadrlangan Lionel Messi primeradagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, muxlislar e’tiboridan ham qola boshladi.

Marca nashri “Barselona”ning joriy mavsumdagi etakchi futbolchisini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Unga ko‘ra, jamoa fanatlarining aksariyati bu yil kataloniyaliklar tarkibida ishonchni oqlagan o‘yinchi sifatida darvozabon Mark-Andre ter Shtegenni tan oldi.

Lionel Messi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Barsa”ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi Rikard Puch kuchli uchlikka kirdi.

Samyuel Yumtiti, Usmon Dembele va Junior Firpo esa eng yomon o‘yinchilar sifatida qayd etildi.

Eng yaxshi futbolchilar o‘nligi bilan tanishing:

     1.Mark-Andre ter Shtegen.

  1. Lionel Messi.
  1. Rikard Puch.
  1. Ansu Fati.
  1. Kleman Langle.
  1. Frenki de Yong.
  1. Nelson Semedu.
  1. Arturo Vidal.
  1. Serxi Roberto.
  1. Serxio Arauxo.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!