
Bartra: Obameyyangga “Real”ga o‘tishni maslahat bermayman
“Barselona” klubi sobiq a’zosi, ayni damda esa “Borussiya D” sharafini himoya qilib kelayotgan Mark Bartra jamoadoshi Per-Emerik Obameyyangga “Real”ga o‘tish fikridan qaytishini maslahat bergan. Bunga qadar gabonlik futbolchi “qirollik klubi”ga o‘tish istagi borligi haqida bir necha bor ta’kidlagan edi.
“Obameyyangga “Real”ga o‘tishni maslahat bermayman. Bu futbolchida hammasi bor: ajoyib dribling, kuchli jismoniy tayyorgarlik va aniq zarba”, - deydi Bartra Marca nashriga bergan intervyusida.
O‘z navbatida dortmundliklar ham asosiy hujumchisini qo‘yib yuborishni istamayapti.
Fikrlar