
"Bavariya" Devisga ultimatum qo‘ydi
"Bavariya yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Alfonso Devisga ultimatum qo‘ydi.
"Sky Sports" nashriga ko‘ra, himoyachi keyingi haftada bir qarorga kelib olishi kerak. Bo‘lmasa klub uni sotuvga qo‘yadi. Myunxenliklar futbolchining transferi uchun kamida 50 million evro istamoqda.
"Real" kanadalik fulbekka qiziqish bildirmoqda, lekin nemislar so‘aryotgan pulni bermoqchi emas. Madrid tomon narxni pasayishini kutmoqda. "Bavariya" bo‘lsa Devis bilan yangi shartnoma borasida ham kelisha olmayapti. Jamoa himoyachi xohlayotgan maoshni to‘lash niyati yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, hali klublar o‘rtasida muzokaralar boshlanmagan. Devisning kelajagi kelasi hafta, yoki mavsum so‘nggida aniq bo‘ladi.
Fikrlar