"Bavariya" etakchisi jarohati haqida bayonot berdi

  • 19 fevral, 21:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi asosiy hujumchisi Xarri Keynning jarohati borasida rasmiy izoh berdi.  

"Keyn Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvi oldidan boldir mushaklaridan jarohat olgan edi. Bu keyinchalik gematoma hosil bo‘lishiga sabab bo‘ldi, shu bois u yaqin kunlarda mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi," – deya bayonot berdi "Bavariya" klubi.  

Eslatib o‘tamiz, Keynning jarohati seshanba kungi Chempionlar Ligasi o‘yini davomida yana ham og‘irlashdi. Uchrashuvda myunxenliklar Shotlandiyaning "Seltik" klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ikki o‘yinning umumiy natijasiga ko‘ra (3:2), "Bavariya" keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Avvalroq, Keynning o‘zi ham jarohati sabab "Aytraxt"ga qarshi maydonga tushishi so‘roq ostida ekanini aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!