"Bavariya" frantsiyalik vinger bilan kelishib oldi

  • 22 iyun, 2024, 06:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas"da ajoyib mavsum o‘tkazgan Maykl Olise uchun bir qator top klublar kurash olib bormoqda. Ular orasida "Bavariya" ham bor edi va nemislar futbolchining o‘zi bilan kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Olise "Nyukasl" va "Chelsi" taklifiga qarmasdan, Myunxenga ko‘chib o‘tishni tanladi. Tez orada klublar muzokaralarni boshlashadi. Shundan keyin frantsiyalik vingerning kelajagi aniq bo‘ladi. 22 yoshli futbolchining tovon puli 55 million funt sterlingga teng.

Maykl Frantsiya Evro uchun terma jamoasidan chaqiruv olgani yo‘q. Ammo u "Kristal Pelas" tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta golda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!