"Bavariya" Harri Keynning kelajagiga oydinlik kiritdi
«Bavariya» yetakchisi klubda qolishni istamoqda. «Bavariya»ning bosh direktori Yan-Kristian Drezen jamoa hujumchisi Harri Keyn bilan shartnomani uzaytirish masalasiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, ingliz forvardi Myunxen klubida qolish niyatida.
«Bizda juda samimiy, erkin munosabat bor. Ko‘rinib turibdiki, ikki tomon ham shartnomani uzaytirishni istaydi. Shartnoma muddati – bu mayda tafsilotlardan biri, bu haqida hozir batafsil gapirmayman», – dedi Drezen SPORT1 nashriga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda Harri Keyn «Bavariya» tarkibida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar