"Bavariya" Kompani bilan kelishib oldi

  • 24 may, 2024, 10:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Bavariya"ning keyingi bosh murabbiyi deyarli aniq. Klub belgiyalik mutaxassis Vensan Kompani bilan kelishib olgan, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Ma’lum bo‘lishicha, "Byornli" ustozi tezroq Myunxenga yo‘l olishni istamoqda. Shu bilan bira, u o‘z klubiga ketishini aytdi. Endi jamoalar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak. 

Angliya klubi Kompani uchun 20 million evro istamoqda. Biroq, "Bavariya" bu summani to‘lash niyati yo‘q va myunxenliklar 10 million evro taklif qilmoqda. 

Garchi "zag‘izxonlar" APLdan tushib ketgan bo‘lsa ham, rahbariyat murabbiyni iste’foga chiqarmagandi. Ammo endi u klubni tark etishga harakat qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!