
"Bavariya" "Liverpul" ko‘zlagan yarim himoyachini ilib ketmoqchimi?
"Bavariya" ushbu yzda yarim himoyachi sotib olmoqchi. Variantlar orasida "Liverpul" qiziqayotgan Kefren Tyuram ham borligi haqda mish-mishlar tarqalgandi. Ammo "Sky Sports" nashri bunday xabarlarni inkor qilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, myunxenliklar 22 yoshli futbolchi uchun kurashda yo‘q. Klubnig asosiy maqsadi Xarri Keyn va Kayl Uokerni o‘z tarkibiga qo‘shib olishdir.
Tyuramni sotib olish uchun "Liverpul" harakat qilmoqda, lekin "Nitstsa" bu transferdan 60 million evro ishlab olmoqchi. Agarda Frantsiya klubi narxni pasaytirmasa, mersisaydliklar ham kurashdan chiqadi.
Fikrlar