
"Bavariya" Musiala bilan muzokaralar olib bormoqda
Top klublar o‘z tarkibida ko‘rishni istaydigan Jamal Musialani "Bavariya" saqlab qolish uchun harakat qilmoqda.
Insayder Florian Plettenberg xabar berishicha, tomonlar o‘rtasida muzokaralar ijobiy kechmoqda. Hujumkor yarim himoyachi jamoada 2026 yildan keyin ham qolishga ochiq. Uning maoshi 25 million evroga oshishi kutilmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, yangi bitim 2028, yoki 2029 yilgacha amal qilishi mumkin. Musiala boshqa hech qaysi klub bilan aloqada bo‘lib turgani yo‘q.
21 yoshli nemis ushbu mavsumni juda yaxshi boshladi. U "Bavariya" uchun 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Jamal uchun 2025 yil yozda APLning bir nechta klublari kurashga kirishishi kutilayotgandi. Ular orasida "Manchester Siti" ham bor, chunki Kevin de Bryune "shaharliklar" tarkibidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lish ehtimoli bor.
Fikrlar