
“Bavariya” nihoyat bosh murabbiy tanladi
“Bavariya” rahbariyati jamoani yana chempionlik yo‘liga qaytara oladigan bosh murabbiy qidirmoqda.
Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning xayuar berishicha, “Bavariya” sport direktori Maks Eberl bosh murabbiylikka eng munosib nomzod sifatida Roberto De Dzerbini e’tirof etgan.
Manbaga ko‘ra, Roberto De Dzerbi “Brayton”dagi faoliyatini davom ettirishni istayotgan bo‘lsa-da, uning rahbariyat bilan munosabatiga sovuqchilik tushgan. Maks Eberl italiyalik mutaxassisni Myunxenga olib kelishda aynan mana shu omildan foydalanib qolmoqchi.
Tomas Tuxel bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rayotgan myunxenliklar bir necha mutaxassislarga taklif bilan chiqdi. Biroq Xans-Diter Flik, Ralf Rangnik, Xabi Alonso hamda Yulian Nagelsmann “Bavariya”ni boshqarishga ko‘nmadi.
Fikrlar