"Bavariya" Perishichni sotib oladi
“Bavariya” rahbariyati “Inter”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Ivan Perishichning transfer huquqini to‘liq sotib olmoqchi.
Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham nemis grandi safida qolishga tayyor. “Neradzurrilar” esa uni 20 mln evroga sotishni ko‘zlashmoqda.
Perishich o‘tgan mavsum Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar