
"Bavariya" "Real"ning katta transferini barbod qildi
Kanadalik qanot himoyachisi Alfonso Devis Myunxenning "Bavariya" klubi bilan yangi shartnoma tuzishga yaqin. Bu haqda insayder Florian Pletttenberg o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Devisning nemis grandi bilan yangi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning amaldagi kelishuvi esa 2025 yilning yozida nihoyasiga etadi. Avvalroq, matbuotda Alfonso bilan Madridning "Real" klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan,"qirollik klubi" uni erkin agent sifati o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Ammo, "Bavariya" futbolchini Myunxenda qolishga ishontira oldi.
Joriy mavsumda Devis 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 3 ta golli uzatma yozib qo‘ygan.
Fikrlar