“Bavariya” uchinchi supertransferga qo‘l urdi

  • 20 iyul, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Bavariya” rahbariyati yangi bosh murabbiy Vensan Kompanini yangi transferlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda.

Myunxen klubi mutasaddilari bu gal yulduz o‘yinchilarni olishga e’tibor qaratmoqda. Yozgi transferlar davrida hozirgacha ikkita futbolchi olib kelindi. “Fulxem”da o‘ynagan portugaliyalik yarim himoyachi Joau Palinya va “Kristal Pelas” hujumkor futbolchisi Maykl Olise bundan buyon myunxenliklar sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

Endi “Bavariya” asli PSJga tegishli bo‘lgan Xavi Simons transferiga kirishdi. Parij klubida asosiy tarkibdan joy berilmagani bois Simons PSJda qolmasligini bildirgan.

PSJ bu o‘yinchini faqat ijaraga beradi. Chunki parijliklar Xavi Simonsni 2025 yilning yanvarigacha to‘liq sotib yuborsa, transferdan kelgan mablag‘ning 40 foizini PSVga o‘tkazib berishiga to‘g‘ri keladi.

“Bavariya” Parij klubiga o‘z taklifini berdi. Unga ko‘ra, myunxenliklar Xavi Simonsni bir yilga ijaraga olib, keyin 90 million evro evaziga to‘liq transfer qilmoqchi.

Ekspertlar bu variant PSJ xo‘jayinlarini qoniqtirishi mumkinligini ta’kidladi. Hozir klublar o‘rtasida muzokara o‘tkazilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!