
"Bavariya" yulduzi bilan shartnomani uzaytirdi
"Bavariya" Jamal Musiala bilan 2030 yilgacha shartnomasini uzaytirdi.
Taniqli jurnalist Farbitsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, germaniyaliklar Jamal bilan 2030 yilgacha shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 21 yoshli yarim himoyachi 2020 yil klub safiga "Bavariya" U19 dan kelib qo‘shilgan edi.
Bunda tashqari, bir necha kun oldin klub mutasaddilari Alfonso Devis bilan ham 2030 yilgacha kelishuvga erishgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Musiala joriy mavsum 30 ta bellashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 140 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar