"Bavariya"ga Jekson nega kerak?

  • 28.08.2025 12:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson "Bavariya"ga o‘tishga yaqin turibdi. Agar rejalashtirilmagan hech narsa sodir bo‘lmasa, senegallik forvard sotib olish sharti bilan ijaraga olinishi yoki to‘laqonli Myunxen klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

 Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, myunxenliklarni turli hujumkor rollarda o‘ynay oladigan Jeksonning universalligi o‘ziga tortgan, Germaniya chempionlari rahbariyati futbolchining mentalitetidan hayratda qolgan.

Nikolas Jekson "Chelsi" safida 2023 yildan buyon to‘p surib kelmoqda, u "ko‘klar" safida barcha musobaqalarda 81 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining narxini 50 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!