Baxtiyorning Eldor ortidan Evropaga ketishini kutishmoqda

  • 6 oktabr, 2020, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘istonlik futbol mutaxassislari, muxlislar va jurnalistlar Rossiya premer-ligasida TsSKA sharafini himoya qilayotgan hamyurtlari Baxtiyor Zaynutdinovning ham xuddi Eldor Shomurodov kabi Evropaning kuchli chempionatlariga o‘tishiga ishonmoqda.

Tecno

Rossiya premer-ligasining 10-turida Baxtiyor Zaynutdinov “Ural” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Bir necha futbol nashrlari qozog‘istonlik yarim himoyachini tur ramziy terma jamoasiga kiritdi.

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Gazzaev ham markaziy osiyolik futbolchining himoyadagi mustahkam o‘yini, oldinda o‘tkir hujumlar tashkil qilgani va gol urganini alohida ta’kidlab, o‘zining ramziy jamoasidan joy berdi.

Agar Baxtiyor shu tarzda o‘ynasa, Evropa ham juda olisda emas. Shomurodov bunga yaqqol misol, - deb yozmoqda Qozog‘istonning Sports.kz nashri.

Ta’kidlash joizki, Baxtiyor Zaynutdinov TsSKAga o‘tgunicha Eldor Shomurodov bilan birga “Rostov” sharafini himoya qilgan.

Shomurodov millionerga aylanadi...

Shomurodovni qimmatroq narxga transfer qilish mumkin edi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!