Shomurodovni qimmatroq narxga transfer qilish mumkin edi!

  • 3 oktabr, 2020, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolchilik faoliyati davrida rostovliklar tarkibida to‘p surgan, keyinchalik jamoada uzoq yillar murabbiylar shtabida ishlagan va bosh murabbiylik qilgan rossiyalik mutaxassis Sergey Balaxnin o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga transferi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tecno

large_69

- “Rostov”ning o‘zbek forvardi Eldor Shomurodovni sotib yuborishi to‘g‘ri qadam bo‘ldi, chunki vaziyat shunga etib kelgandi. Agar rostovliklar hujumchini ertaroq qo‘yib yuborganida, transfer summasi bundan ham baland bo‘lishi mumkin edi. Biroq, “Rostov” Evrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun asosiy hujumchi sifatida Eldorni ushlab turdi (Valeriy Karpinning bu qarori qisman o‘zini oqladi va Eldor Shomurodov Evropa Ligasidagi ilk uchrashuvda “Makkabi Xayfa” darvozasini ishg‘ol qildi). Baribir jamoa Evropa Ligasini erta tark etdi va “Rostov”ning xalqaro maydondagi ishtiroki to‘xtadi. Umuman olganda, Shomurodovning transferi mantiqan to‘g‘ri qaror bo‘ldi.

Endi “Rostov” ko‘proq gol urish masalasini hal qilishi kerak. Vaziyatdan chiqish yo‘lini qidirib topish lozim. Shomurodovning o‘zi ham premer-ligada anchadan buyon gol ura olmayotgan edi. U ketganidan keyin jamoada ishonch oqlay oladigan hujumchi qolmadi, hisob. “Rostov” to‘purar hujumchi qidirishda davom etishi kerak. Qidirganda ham, bitta hujumchini olish bilan cheklanib bo‘lmaydi. Ha, ular Vladimir Obuxovni transfer qildi. Obuxov ham e’tibordagi futbolchi, lekin uning gol urish bo‘yicha natijalari ham etarli emas. “Rostov” haqiqiy to‘purarga muhtoj. Shomurodov tinimsiz gol urgan paytlarda “Rostov” kuchli jamoadan ko‘rinardi, - dedi Balaxnin.

Ma’lumki, Eldor Shomurodov o‘tgan chempionatning birinchi yarmida ko‘p gol urdi va nafaqat Rossiya grandlari, balki Evropa kuli beshlik chempionatlaridagi klublar e’tiborini o‘ziga jalb qila boshladi. O‘tgan mavsumda o‘zbekistonlik hujumchiga La Ligadan “Selta”, Bundesligadan “Shtutgart” va “Shalke” jiddiy qiziqish bildirgan edi. Shomurodovning agenti German Tkachenko  Eldorni so‘ragan “Selta”ga boshqa bir mijozi – Fyodor Smolovni yuborishga qaror qilgan bo‘lsa, Germaniya klublari Shomurodov transferi uchun bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 10 milliondan 15 million evrogacha bo‘lgan summani va’da qilgandi. Biroq, avvaliga “Rostov” rozi bo‘lmadi, keyinchalik koronavirus pandemiyasi tufayli transfer bozori talab va takliflari butkul o‘zgarib ketdi.

Pandemiya karantinidan keyin Eldor sport formasidan chiqib ketdi va chempionat o‘yinlarida gol ura olmay qoldi. Shunga qaramay, xorij klublaridan taklif kela boshladi. Evropa Chempionlar ligasining yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Belgiya vitse-chempioni “Gent”dan taklif bo‘ldi. “Rostov” rahbariyati besh million evrolik rasmiy taklifni qabul qilmadi.

v-dzhenoa-podtverdili-predstojaschij-transfer-eldora-shomurodova_16014769751877415246

Yozgi transfer oynasi yopilishiga bir necha kun qolgan bir paytda, Eldor Shomurodovga bir necha klub og‘iz sola boshladi. “Jenoa” rasmiy chorlov yuborganidan keyin “Selta”, “Shtutgart”, “Fiorentina” va “Verona” kabi klublar ham hujumchimizni olish harakatiga tushib qoldi. “Jenoa” sakkiz million evrolik birinchi taklifiga yana bir million qo‘shish, Eldorning navbatdagi transferidan 15 foiz ulush va’da qilish va transfer summasining birinchi to‘lovini oshirish evaziga “Rostov”ning roziligini olishga erishdi.

Ayni paytda Eldor Shomurodov “Jenoa” bilan to‘rt yillik shartnoma imzolab bo‘lgan. U yangi jamoasida 9-raqamda to‘p suradi.  Tez orada “Jenoa” o‘zbekistonlik futbolchini olganini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

“Jenoa” Shomurodovga raqobatchi olib keldi

Shomurodov “Jenoa” bilan shartnoma imzoladi va qachon debyut qilishi aniq bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!