"Bayer" bir evro ham narxni tushirmoqchi emas. "Barselona"ning "boshi qotgan"

  • 22 iyun, 2024, 03:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" Jeremi Frimpongni 40 million evrodan kamiga sotib ololmaydi. 

"Diario Sport" xabariga ko‘ra, kataloniyalik bosh murabbiyi Xans-Diter Flik rahbariyatdan "Bayer" himoyachisini sotib olishni so‘ragan, ammo leverkuzenliklar uning transferi borasida savdolashmoqchi emas. 

Niderlandiyalikning hozirgi jamoasi bilan shartnomasida tovon puli 40 million evroni tashkil etadi va Germaniya chempionlari narxi bir million evroga ham tushirmoqchi emas. 

Bundesliga doirasida Frimpong 31 o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!