
Behzod Rahimboev Shveytsariyaga ketdi
Bugungi kunda iqtidorli va istiqbolli sportchilarni selektsiya qilish, ularni O‘zbekiston terma jamoalar zahirasi va asosiy tarkibiga kiritish hamda sportchilarni uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini asosiy va xorijiy sport bazalarida olib borilishini va xalqaro musobaqalarga yuborishni joriy etish yuzasidan mamlakatimiz velosporti federatsiyasi tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Xalqaro Velosipedchilar Ittifoqining Rivojlanish markazi taklifiga asosan O‘zbekiston Milliy terma jamoasi a’zosi, 2019 yil O‘zbekistonda veloshosse bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan poygada kumush va bronza medali sohibi, 2002 yilda tug‘ilgan Rahimboev Behzod o‘quv-yig‘in mashg‘ulotda ishtirok etish uchun bugun 9 iyul kuni Shveytsariya davlatiga jo‘nab ketdi.
Axamiyatli tomoni shundaki mazkur o‘quv-mashg‘uloti B.Raximboevga xalqaro musobaqalarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rishga hamda xorijiy davlatlarning ilg‘or sportchi va trenerlaridan o‘quv uslubiy, mashq jarayonlarini samarasini oshirish, velosport sohasidagi dunyo andozalari oxirgi yutuqlari va amaliyotlaridan foydalanishga xizmat qiladi. Mazkur o‘quv-yig‘in mashg‘uloti
23 avgustga qadar davom etadi.
Fikrlar