Belbog‘li kurash Federatsiyasi tomonidan "Yil Sarhisobi" tadbiri o‘tkazildi

  • 20 yanvar, 20:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning 18 yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining majlislar zalida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston  "Adolat" SDP siyosiy Kengash raisi Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston "Adolat" SDP siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov, Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov, "Adolat"  SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Gulnora Ahmedova, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, sportchilar, murabbiy va hakamlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov kirish so‘zi bilan boshlab, ortda qolgan 2024 yil belbog‘li kurash sporti uchun yuksak natijalar va muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘lganligini e’tirof etdi. 

Sportchilarimiz respublika va jahon miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda shoxsupaning yuqori pog‘onalaridan o‘rin egallab, mamlakatimiz sport zaxirasiga medallar shodasini taqdim etishgani, yurtimiz sha’nini munosib himoya qilganliklarini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Marosimda shuningdek, "Adolat" SDP siyosiy kengashi raisi Robaxon Mahmudova hamda Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi prezidenti Mo‘min Muratovlar ham yig‘ilganlarni qutlab, milliy  sport turlarimizga,  xususan belbog‘li kurash sport turiga qaratilayotgan e’tibor va belbog‘li kurashni rivojlantirish masalalari haqida to‘xtalib, joriy yilgi xalqaro musobaqalarda polvonlarimizga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbirda shuningdek, belbog‘li kurash federatsiyasi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha  g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra "Yilning eng yaxshi sportchisi" nominatsiyasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Jamoliddin Ne’matullaev, qizlar o‘rtasida Farangiz Abdunabievalar loyiq ko‘rildi. "Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominatsiyasini kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi Shavkat Mirzaqulov va yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg‘unpo‘latov qo‘lga kiritdi. "Yilning eng yaxshi musobaqa tashkilotchisi"ga Qoraqalpog‘iston  Respublikasi va Farg‘ona viloyati belbog‘li kurash federatsiyalari munosib ko‘rildi." Yilning eng yaxshi hakami" sifatida Sohibjon Qosimov  (Buxoro), Alimardon Mirzaev (Andijon) e’tirof etilgan bo‘lsa, "Yilning eng yaxshi natijador federatsiyasi" Andijon  viloyati belbog‘li kurash federatsiyasiga berildi. "Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun" nominatsiyasi g‘olibi deb Ahmad Mallaboev (Namangan) e’lon qilindi.  

Shuningdek, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotganligi uchun tadbirkor Bekzod Boltabaev va bir qator soha vakillari Osiyo belbog‘li kurash konfedratsiyasi hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi. 
Belbog‘li kurash federatsiyasining doimiy hamkori hisoblangan "Adolat " SDP siyosiy Kengashi tomonidan belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi Abduxalil Malikov hamda jahon chempioni Farangiz Abdunabievalar "Adolat" SDPning ko‘krak nishoni bilan mukofotlanishdi. Bundan tashqari  partiya vakillari turli yo‘nalishlar bo‘yicha nominatsiya g‘oliblari, federatsiya kengashi a’zolari, sportchilar va murabbiyilarga diplom hamda esdaliklar topshirdi. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!