Belinda Benchich ilk uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi
Avstriyaning Lints shahrida tennis bo‘yicha WTA tomonidan tashkil etilgan "Upper Austria Ladies Linz" turnirining ilk davrasida shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich taslim bo‘ldi.
Belinda ushbu bosqichda germaniyalik Anna-Lena Fridzamga qarshi kortga tushib, yakunda 4:6, 6:2, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Fridzam musobaqaning ikkinchi davrasida qozog‘istonlik Elena Ribakina bilan kuch sinashadi.

Fikrlar