Bellingem: "Albatta, biz g‘alaba qozonishga haqli edik"

  • 12 fevral, 11:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi hisoblangan Jud Bellingem "Manchester Siti"ga qarshi muvaffaqiyatdan so‘ng o‘yin haqida gapirdi. 
 
"Biz bu uchrashuvda yaxshi o‘ynadik. Mazkur bellashuv biroz g‘alati bo‘lganini ham ta’kidlashim kerak. Bundan tashqari, jamoam bilan birga, o‘yinni ishonchli boshladik, lekin keyin gol o‘tkazib yubordik. Bizda juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi va yakunda ulardan foydalana oldik. Shu bois ham, "Real" g‘alaba qozonishga haqli edi" - dedi angliyalik xavbek. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Bellingem kechagi to‘qnashuvning so‘nggi goliga mualliflik qildi. 21 yoshli yarim himoyachi "shaharliklar"ga qarshi o‘yinni to‘liq o‘tkazdi. "Sofascore" portali esa uning ushbu harakatlarini 8.4 ballga loyiq ko‘rdi. 
 
Jud joriy mavsum "qirollik klubi" safida 32 ta bellashuvda ishtirok etib, 11 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 180 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!