Bellingem atigi to‘rt o‘yinda buyuklar qatoriga qo‘shildi
“Real”ning yangi futbolchisi Jud Bellingem joriy mavsumda jamoa joniga aro kirmoqda. Angliyalik yosh o‘yinchi Ispaniya chempionatining dastlabki to‘rtta o‘yinida ketma-ket to‘p kiritib, jamoasining g‘alabalarini ta’minlab kelyapti.
La Liganing to‘rtinchi turida “Real” o‘z maydonida “Xetafe”ni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba to‘pini so‘nggi daqiqalarda aynan Bellingem kiritdi.
Squawka nashrining xabar berishicha, Jud Bellingem XXI asrda La Liganing dastlabki to‘rtta uchrashuvida gol urgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi.
Bungacha Ispaniya yuqori divizionida Zlatan Ibrohimovich (2009 yilda), Krishtianu Ronaldu (2009 yilda) va Sesk Fabregas (2011 yilda) dastlabki to‘rtta uchrashuvda uzluksiz raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.



Fikrlar