
Bellingem bugun "Kopa" sovrinini qo‘lga kiritadi
Bugun tunda "France Football" nashri tomonidan "Oltin to‘p" sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Jarayon Toshkent vaqti bilan 23:00 dan boshlanadi.
Shuningdek, marosimda mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi uchun ham sovrin topshiriladi. Unda "Real" futbolchisi Jud Bellingem g‘olib chiqishi aytilmoqda. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Jud joriy mavsum La Liganing 10 ta o‘yinida 10 ta gol va 2 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar