Bellingem kutilganidan tezroq maydonga qaytdi

  • 20 sentabr, 22:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem jarohatdan keyin maydonga kutilganidan oldin qaytdi. 22 yoshli futbolchi La Liganing 5-turidan o‘rin olgan "Espanol"ga qarshi uchrashuvda (2:0) 89-daqiqada Kilian Mbappening o‘rniga maydonga tushdi.

Tecno

Bellingem so‘nggi marta 9 iyulda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati yarim finalida PSJga qarshi bahsda (0:4) o‘ynagan edi. Bir hafta o‘tgach, u elkasidagi muammo tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Dastlab futbolchi oktyabr oyidagina safga qaytishi kutilgandi.

Shu bilan birga, 90-daqiqada yarim himoyachi Eduardo Kamavinga ham uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytdi — u apreldan beri o‘ynamagan edi. Kamavinga Orelen Tchuameni o‘rnini egalladi.

Ma’lumot o‘rnida, 27 sentyabr kuni "Real" mehmon sifatida derbida "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi. Bundan avval esa "qirollik klubi" 23 sentyabr kuni "Levante" bilan safarda kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!