Bellingem Mbappening yonini oldi

  • 28.11.2024 20:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem “Liverpul”ga uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.

“Ular bizdan yaxshiroq o‘ynashdi. “Liverpul” to‘pni o‘yin boshdan nazorat qildi. 

Mbappega uning o‘yini uchun katta bosib bo‘lyapti. Lekin, uni deb mag‘lub bo‘lganimiz yo‘q. Biz foydalanilmagan penaltini deb yutqazmadik. Kilian taslim bo‘lishi kerak emas.

Biz vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. To‘pni ko‘p yo‘qotganimiz yomon natijaga asos bo‘ldi. Bizda hali imkon bor. Keyingi bosqichga o‘tishimiz uchun qolgan 3 ta o‘yinni yutishimiz shart”,-dedi angliyalik xavbek.

Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi” “Enfild”da 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!