Bellingem “Real”da muammo chiqaryapti
“Real”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblangan pleymeyker Jud Bellingem jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning ish yuritishidan norozi bo‘lyapti.
Transfer News Live va Onda Cero kabi manbalarning ma’lum qilishicha, 22 yoshli yarim himoyachiga ispaniyalik murabbiy qo‘llayotgan boshqaruv uslubi umuman yoqmayapti. Bellingem o‘z e’tirozlarini “Qirollik klubi” rahbariyatiga ham etkazdi.
Shunga qaramay, jamoa natijalari chakki emas. Madridliklar Xabi Alonso qo‘l ostida barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvdan 13 tasida g‘alaba qozondi, bitta durang qayd etdi va ikkita uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
Xabi Alonso yaqinda jarohatini tuzatib, safga qaytgan Jud Bellingemni sekin-asta tarkibga kiritib boryapti. Bosh murabbiy angliyalik futbolchiga o‘zi ko‘nikkan darajada erkin o‘ynashiga ruxsat berdi.

Fikrlar