Bellingem “Real”ga superfutbolchi topib berdi

  • 16 avgust, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroos jamoani tark etganidan beri uning o‘rnini bosadigan o‘yinchi qidirmoqda. Hozirgacha bu pozitsiyada o‘ynagan futbolchilarning birortasi Kroos darajasiga chiqa olmadi.

Tecno

Shunga qaramay, jamoaning angliyalik legioneri Jud Bellingem maydon markazini mustahkam ushlaydigan futbolchi borligini ta’kidladi.

Sport.es va Daily Mail kabi manbalarning yozishicha, Bellingem “Real” rahbariyatiga “Kristal Pelas” yarim himoyachisi Adam Uortonni olishni tavsiya qilgan.

Bellingem 21 yoshli futbolchini Xabi Alonso “Peal”ga singdirayotgan yangi o‘yin uslubiga to‘liq mos tushishiga ishonch bildirdi.

Uorton o‘tgan mavsumda 27 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Iqtidorli yarim himoyachi “Kristal Pelas” safida klub tarixida ilk bor Angliya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!