
Bellingemdan zo‘ri bor
Taniqli murabbiy Grem Suness Angliya terma jamoasining ikki yarim himoyachisi – Jud Bellingem va Jeyms Meddisonni o‘zaro solishtirdi.
- Men Meddisonning talantiga ishqibozman. O‘ylashimcha, u va Jud Bellingem Angliya terma jamoasining boshlang‘ich tarkibida o‘ynashi kerak. Bu jamoa sovrinlarni yutishga majbur.
Agar Jeyms va Judni statistika bo‘yicha solishtirsa, Meddison barcha hujum ko‘rsatkichlari bo‘yicha Bellingemdan ustun. U golli vaziyatlar yaratish va to‘p kiritish borasida Bellingemdan ancha zo‘r, - dedi Grem Suness.
Jeyms Meddison ayni paytda “Tottenxem” sharafini himoya qilmoqda. Jud Bellingem esa, debyut mavsumining startidayoq “Real” etakchisiga aylanib oldi.
Fikrlar