Bellingemga katta baho berishdi

  • 18 iyun, 2024, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futboli afsonalaridan biri Alan Shirer “Real” va Angliya terma jamoasi etakchisi Jud Bellingemni maqtadi.

Tecno

- Bellingem – fenomen. Unda takabburlik bor, lekin bu yaxshi ma’noda.

Top-darajadagi o‘yinchi bo‘lish uchun futbolchida qandaydir o‘ziga xos jihat bo‘lishi kerak. Judda shu sifat bor.

Bellingem katta iqtidor egasi ekanini hammamiz yaxshi bilardik. Lekin uning katta klubga osonlikcha kirishib keta olgani uning fenomenligidan dalolat beradi, - dedi Alan Shirer.

Jud Bellingem o‘tgan yili yozda Dortmundning “Borussiya” klubidan “Real”ga ko‘chib o‘tdi.

20 yoshli futbolchi Ispaniyadagi debyut mavsumidayoq chempionatda 28 ta uchrashuvda 19 ta to‘p kiritdi.

Bellingem madridliklar bilan birga Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!