Bellingemni olib, yanada qimmatga sotamiz!

  • 16 aprel, 06:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Dortmundning “Borussiya” klubi yosh iste’dodlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratadi. Endi Bundesliga klubi “Sanderlend”dan Job Bellingemni olib kelmoqchi.

Dormundliklar ayni paytda “Real”da o‘ynayotgan Jud Bellingem bilan ham xuddi shunday yo‘l tutgan. Ular 2020 yili Judni “Birmingem”dan 30 million evroga olib, uch yil o‘ynatganidan keyin “Real”ga 113 million evroga pulladi.

Job ham iste’dod bobida akasidan qolishmaydi. Shu bois, “Borussiya” 19 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha “Sanderlend”ga murojaat qildi va bu kelishuvni yozda amalga oshirishni mo‘ljallayapti.

Job Bellingem tengqurlariga nisbatan maydonni yaxshi ko‘ra olish, o‘yinga ta’sir o‘tkazish va kuchli texnik qobiliyatlarga ega o‘yinchi hisoblanadi.

“Sanderlend” o‘z futbolchisi uchun 30 million evro talab qilmoqda. Bu summa “Borussiya”ni ham qoniqtirishi aytilmoqda. Demak, yozda yana bir muhim transfer guvohi bo‘lamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!